ALPHA ENTERPRISES Qo‘ng‘iroq

Firma egalari uchun

Firmangiz soliqqa ortiqcha to‘layaptimi? 2 kunda tekshirib beramiz

Buxgalteriyangizni chetdan tekshirib chiqamiz. Ortiqcha to‘layotgan bo‘lsangiz, sababini va summasini so‘mda ko‘rsatamiz. Audit bepul.

Formani to‘ldirish 1 daqiqa oladi. Keyin o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz.

  • 2 ish kuni
  • Maxfiylik shartnomasi
  • Oyiga 20 ta firma

Ekspress audit

2 ish kuni

Nimani tekshiramiz

  • Oyliklar to‘g‘ri hisoblanganmi?
  • QQS to‘liq chegirilganmi?
  • Imtiyozlar ishlatilganmi?
  • Xavfli fakturalar bormi?
Natija

Har bir xato, uning narxi so‘mda va tuzatish yo‘li yozilgan hisobot

Auditda nimani topamiz

Auditda 4 narsani qidiramiz

Ortiqcha to‘lanayotgan soliq

Oylik xato hisoblansa, imtiyoz ishlatilmasa yoki QQS to‘liq chegirilmasa, firma har oy keragidan ko‘p soliq to‘layveradi.

Qotib qolgan QQS

Yetkazib beruvchingizning fakturasi xavfli deb topilsa, undagi QQSni chegira olmaysiz, ya’ni bu pul shu fakturada qotib qoladi.

Tekshiruvda chiqadigan soliq

Hisobdagi xato bugun bilinmasligi mumkin. Lekin soliqchilar tekshiruvga kelsa, soliqni qayta hisoblab, ustiga penya ham yozishadi. Bu summa qancha bo‘lishini biz tekshiruvdan oldin aytamiz.

Qaytarsa bo‘ladigan pul

Ortiqcha to‘lab yuborilgan soliqni qaytarib olsa bo‘ladi. Qancha pul qaytishini va buning uchun nima qilish kerakligini aytib beramiz.

Hisobotda har bir xatoning yoniga summasini va Soliq kodeksidagi moddasini yozamiz.

Mijozlarimizdagi holatlar

Firma egasi bilmay yurgan xatolar

1-keys

60 mlnso‘m

Bir firmada oyliklar xato hisoblanib kelgan ekan. Shuning uchun firma 60 million so‘m ortiqcha soliq to‘lagan, egasi esa buni bilmagan.

2-keys

200 mln+so‘m

Bir firmaning soliq imtiyozi bor edi, lekin fakturalarga imtiyoz kodi yozilmagan ekan. Natijada firma bir yillik soliqni to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu pulni qaytarsa bo‘ladi, faqat bunga bir necha oy ketadi.

Ikkala firma ham o‘z xatosini sezmagan, ularni biz hujjatlarni ko‘rib chiqqanda topdik.

Mijozlarimizning nomini oshkor qilmaymiz.

Qanday ishlaydi

Audit 3 qadamda o‘tadi

  1. 1Ariza qoldirasiz

    Formada 3 ta savol bor, to‘ldirish 1 daqiqa oladi. Keyin sizga qo‘ng‘iroq qilib, qaysi hujjatlar kerakligini aytamiz.

  2. 22 ish kunida tekshiramiz

    Avval maxfiylik shartnomasini imzolaymiz, keyin hujjatlaringizni onlayn ko‘rib chiqamiz. Ofisdan chiqishingiz shart emas.

  3. 3Natijani aytamiz

    Onlayn uchrashuvda topilgan xatolarni birma-bir ko‘rsatamiz va har birini qanday tuzatishni aytamiz. Hisobot qo‘lingizda qoladi.

Biz bilan ishlasangiz

Xatomiz uchun o‘zimiz javob beramiz

Birinchi oy xizmat pulini faqat biz tejab bergan puldan olamiz. Tejay olmasak, birinchi oy tekin.

Auditda topilgan pulni 3 oyda tejab bermasak, keyingi oy tekinga ishlaymiz.

Bizning xatomiz bilan jarima chiqsa, uni 3 milliard so‘mgacha o‘zimiz to‘laymiz.

Auditdan oldin maxfiylik shartnomasini imzolaymiz. Raqamlaringiz bizdan tashqariga chiqmaydi.

Firmangiz kichik biznes bo‘lsa, 2027-yildan bizga to‘lagan pulingizni soliq hisoblashda ikki barobar qilib chegirasiz. Bu imtiyoz buxgalteriyani chetdagi firmaga topshirganlarga beriladi (PF-100 Farmoni), shtatdagi buxgalterning oyligiga esa berilmaydi.

Bu kafolatlarni shartnomaga yozib beramiz.

Kimga mos

Audit hamma firmaga ham to‘g‘ri kelmaydi

To‘g‘ri keladi

  • Firmangiz bir necha oydan beri savdo qilyapti.
  • Buxgalteringiz bor, lekin hisobni chetdan bir tekshirtirib ko‘rmoqchisiz.

Hozircha to‘g‘ri kelmaydi

  • Firmangiz endi ochilayotgan bo‘lsa, hali tekshiradigan hisobning o‘zi yo‘q.
  • Soliqni yashirish yo‘li kerak bo‘lsa, biz bunday ish qilmaymiz.
Biz haqimizda

Auditni Alpha Enterprises jamoasi qiladi

Biz firmalarning buxgalteriyasini to‘liq yuritamiz. Kompaniyani buxgalter Ozodbek Saidov ochgan.

Hisobni ko‘rmasdan turib firmaga nima kerakligini aytib bo‘lmaydi, shuning uchun ishni ekspress auditdan boshlaymiz.

2 yildan beribuxgalteriya yuritamiz
20 ga yaqinfirma bilan ishlaymiz
10 ga yaqinxodim
Mijozlar fikri

Mijozlarimiz nima deydi

Audit qilib, 60 milliondan ortiq pullarimni tejab berishdi. Ortiqcha soliq to‘lab yurgan ekanman. Jamoaga rahmat, hamkorligimiz bardavom bo‘lsin.

Alpha mijozi

Alpha buxgalteriya bilan ishlab kelaman. Yaqinda ular sabab kichik xatolik bo‘lgan edi, soliqdan jarima keldi, lekin ular va’dasida turib, soliq jarimasini o‘z cho‘ntaklaridan qoplab berishdi. Ishlaridan roziman.

Alpha mijozi

Men Ozodbek bilan anchadan beri ishlayman. Buxgalteriyamni to‘liq o‘z bo‘yniga olgan. Ishim ancha yengilladi, ko‘nglim xotirjam. Soliq tekshiruvlaridan umuman xavotir olmayman.

Alpha mijozi
Savollar

Tadbirkorlar ko‘pincha shuni so‘raydi

Audit bepul bo‘lsa, keyin nimadir sotasizlarmi?

Ha, natija uchrashuvida xizmatimizni taklif qilamiz. Lekin hisobot sizda qoladi, xatolarni o‘z buxgalteringiz bilan tuzatsangiz ham bo‘ladi. Nima qilishni o‘zingiz hal qilasiz.

Buxgalterimiz yaxshi. Bizda xato bo‘lmasa-chi?

Buxgalteringiz rostdan yaxshi bo‘lishi mumkin. Xato chiqmasa, hisobingiz tartibda ekanini aniq bilib olasiz. Lekin yuqoridagi ikki firma ham xatoni o‘zi ko‘rmagan edi. Har kuni bitta hisob bilan ishlagan odamning ko‘zi ba’zi narsalarga o‘rganib qoladi.

Raqamlarimizni begonaga berish xavfli emasmi?

Xavotiringiz to‘g‘ri, shuning uchun auditdan oldin maxfiylik shartnomasini imzolaymiz. Hujjatlaringizni faqat audit uchun ishlatamiz va hech kimga bermaymiz.

Bu soliq tekshiruviga o‘xshaydimi?

Yo‘q. Audit natijasini faqat siz va biz ko‘ramiz, soliq idorasiga hech narsa yubormaymiz.

Auditga nima kerak bo‘ladi?

Qaysi hujjatlar kerakligini qo‘ng‘iroqda aytamiz. Hammasi onlayn bo‘ladi, hech qayerga borishingiz shart emas.

Nega oyiga faqat 20 ta firma?

Bitta firmani tekshirish jamoamizning 2 ish kunini oladi. Oyiga 20 tadan ko‘p firma olsak, tekshiruv yuzaki bo‘lib qoladi.

Firmam soliqqa qancha ortiqcha to‘layapti?

Javobini 2 ish kunida beramiz

Oyiga faqat 20 ta firmani tekshiramiz, shuning uchun arizani hozir qoldiring. Xatoni yillik hisobotdan oldin o‘zingiz tuzatsangiz, arzonroq tushadi, soliq tekshiruvida topilsa esa ustiga penya va jarima qo‘shiladi.

Formani to‘ldirish 1 daqiqa oladi. Keyin o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz.

Bepul auditga yozilish

Biznesingiz qaysi sohada?

Har bir sohaning o‘z xatolari bor, auditda ularni ham tekshiramiz.